platina.uz
Jamiyat

Ipotekabankka moliyaviy jarima belgilandi

Raqobat qoʻmitasi komissiyasi bankni nomaqbul (notoʻgʻri) reklamaga yoʻl qoʻygan deb topdi.

Ipotekabankka moliyaviy jarima belgilandi

Raqobat qoʻmitasi Ipotekabank moliyaviy jarimaga tortilganini maʼlum qildi.

Raqobat qoʻmitasi “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidagi Ipotekabank ATIB sahifasida bank tomonidan joriy qilingan “Super” nomli omonat turi boʻyicha yillik foiz stavkasi 26 foizdan ekanligi haqida joylashtirilgan reklamaning qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish ishlari borilayotganligini maʼlum qilgan edi.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmitaning isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiyasi Ipotekabank ATIB tomonidan nomaqbul (notoʻgʻri) reklamaga yoʻl qoʻygan deb topilib, unga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Avvalroq "Korzinka" jarimaga tortilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid