platina.uz
Jamiyat

"Baxti Tashkentskiy"ning sheriklariga ham jazo tayinlandi

"Qonundagi oʻgʻri"ning akasi 10 yilga, oʻgʻli esa 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Baxtiyor Qudratullayevning oʻzi oʻta xavfli retsidivist deb topildi. 

"Baxti Tashkentskiy"ning sheriklariga ham jazo tayinlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida "Baxti Tashkentskiy" va uning sheriklariga sud hukmi oʻqildi. Jumladan, Tashkentskiyning akasi 10 yilga, oʻgʻli esa 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek. Sh. Kurbanov (1964 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

B. Zafarov (1994 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Sh. Raximov (1981 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “v” bandi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan Sh. Raximovga jazoni oʻtash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qoʻllanilishi belgilandi. Tayinlangan ozodlikdan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Xodjayev (1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 165-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 3 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

D. Sharipov (1980 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, v” bandlari nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 14 yil 10 oy 14 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan D. Sharipov oʻta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Mirzaxanov (1972 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Sh. Sulaymonqulov (1978 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan) va A. Norkulov (1997 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda oʻtash belgilandi.

S. Xatamov (1991 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga moddiy va mansab lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

N. Jumaniyazova (1983 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 4 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

R. Shakurov (1971 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 6 yil 8 oy 14 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan R. Shakurovga giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qoʻllanilishi belgilandi.

Sh. Qudratullayev (1966 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan Sh. Qudratullayev oʻta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

T. Turmonov (1966 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

F. Vapayev (1988 yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 10 oy 18 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

M. Nasirxodjayev (1979 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 166-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan M. Nasыrxodjayev oʻta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

D. Muminxoʻjayev (1991 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) va M. Usmonboyev (1995 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

M. Shodmanov (1969 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

B. Xudayarov (1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan B. Xudayarov oʻta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Mashrafxanov (1970 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) va V. Kurbanov (1973 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Maxamadiyorov (1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Djurayev (1989 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

B. Bakayev (1973 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

I. Qudratullayev (1996 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Aliyev (1996 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

J. Soliyev (1992 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Tursunboyev (1995 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

B. Narmirzayev (1980 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandi va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin. Tayinlangan jazon umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

F. Kamalov (1973 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan F. Kamalov oʻta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

M. Mirzoyev (1985 yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

N. Bagadirov (1965 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazon umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

A. Shelyov (1972 yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

M. Kurbanov (1982 yilda Toshkent shahridja tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 168-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

O. Islamov (1988 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “g” bandi va 168-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 7 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

M. Ibadullayev (1983 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Sudlanuvchilar B. Qudratullayev, A. Xodjayev, M. Kurbanov, Sh. Kurbanov, A. Tursunboyev, O. Islamov, A. Maxamadiyorov, A. Mashrafxonov, F. Vapayev, M. Nasirxodjayev, R. Shakurov, D. Sharipov, B. Zafarov, F. Kamalov, Sh. Raximov, A. Shelyov, N. Bagadirov, A. Mirzaxanov, N. Jumaniyazova, I. Qudratullayev, A. Aliyev, J. Soliyev, A. Tursunboyev va B. Narmirzayev jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid