"Baxti Tashkentskiy" 19 yilga qamaldi

Baxtiyor Qudratullayev 2023 yil dekabrida qoʻlga olingandi. 

Jamiyat
19-iyul, 11:06
"Baxti Tashkentskiy" 19 yilga qamaldi

Jinoyat olamida "Baxti Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar berdi

Sud hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. 

Eslatib oʻtamiz,  2023 yil 3 dekabr kuni esa huquq-tartibot idoralari xodimlari Baxtiyor Qudratullayevni qoʻlga olgandi

53 yoshli Qudratullayev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ayblangan: 

-104-modda 3-qism "g" bandi (uyushgan guruh aʼzosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-109-modda 2-qismi (sogʻliqning qisqa vaqt, yaʼni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish / baʼzaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-138-modda 1-qismi (birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-165-modda 3-qismi "a"," v" bandlari (tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-168-modda 4-qismi "a" va "v" bandlari (firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-228-modda 2-qismi "a"," b" bandlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-228-modda 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-242-modda 1-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish, yaʼni jinoiy uyushma yoxud uning boʻlinmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud boʻlishi va ishlab turishini taʼminlashga qaratilgan faoliyat / 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish / 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-276-modda 2-qismi "a" va "b" bandlari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki joʻnatish / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);

-277-modda 2-qismi b va «v» bandlari (bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+