Bangladeshda talabalar ommaviy noroziliklar uyushtirmoqda: 17 kishi halok boʻldi

Ayrim manbalarda qurbonlar soni ikki barobar koʻpligi yozilgan. Namoyishchilar davlat televideniyesiga oʻt qoʻygan.  

Jahon
19-iyul, 9:43
Bangladeshda talabalar ommaviy noroziliklar uyushtirmoqda:  17 kishi halok boʻldi

Banglashdeshda talabalar namoyishi sabab 17 kishi (ayrim manbalarda 32) halok boʻldi. Ular ichida Dhaka Times nashri jurnalisti ham bor. 

Hukumat butun mamlakat boʻylab yuqori tahdid rejimini joriy qildi. 

Internet deyarli hamma joyda uzilib qolgan, ayrim hududlarda telefon liniyalari ishlamayapti. Poytaxt Dakkada namoyishchilar va politsiya oʻrtasidagi shiddatli toʻqnashuvlarda oʻnlab odamlar halok boʻldi, yuzlab odamlar yaralandi.

Mustaqil manbalarga koʻra, namoyishlar boshlanganidan beri jami 32 kishi halok boʻlgan. 

Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina talabalarni xotirjamlikka chaqirdi, biroq payshanba kuni vaziyat yanada yomonlashdi.

 Dakkada BTV davlat teleradiokompaniyasi binosi yonib ketdi. Rasmiylarning aytishicha, oʻt qoʻyish namoyishchilar tomonidan boshlangan.

Bangladesh axborot vazirining aytishicha, eshittirishlar toʻxtatilgan va koʻpchilik xodimlar binoni tark etgan.

Talabalar davlat sektoridagi ish joylarining uchdan bir qismini Pokistondan 1971 yildagi mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlari uchun ajratadigan tizimni oʻzgartirishni talab qilib koʻchalarga chiqqan. 

Talabalar hozirgi amaliyotni kamsitish deb atashadi va ishga qabul qilish har bir nomzodning malakasiga asoslanishini talab qilishadi.

Hindistonda Bangladeshlik talabalar bilan birdamlik uchun yuzlab odamlar koʻchalarga chiqdi. Butun Hindiston Demokratik Talabalar Tashkiloti Kalkuttada ommaviy yurishlar uyushtirdi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+