YHXB boshligʻi oʻzgardi
Polkovnik Olim Saidov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan olindi.

Boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi Olim Saidov lavozimidan ozod etildi.
Uning oʻrniga polkovnik Sherzod Ibragimov tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri buyrugʻi imzolangan.
Bunga qadar u IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.