Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida 16 ta hujjat imzolandi

Ular ichida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma ham bor. 

Siyosat
18-iyul, 19:19
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida 16 ta hujjat imzolandi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov oʻrtasida boʻlib oʻtgan samarali muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi.

Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:

- Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xoʻjaligi obʼektlari boʻyicha hukumatlararo bitim;

- Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;

- Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida bayonnoma;

- Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- 2024-2030 yillarda oʻzaro savdo hajmini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

- 2024-2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;

- 2024-2026 yillarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha "yoʻl xaritasi";

- 2024-2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti oʻrtasidagi memorandum va boshqalar. 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+