platina.uz
Jamiyat

Namanganda ikki tumanga katta pul ajratilmoqda

Uchqoʻrgʻon tumaniga yil boshidan buyon toʻrtinchi bor mablagʻ berilmoqda.  

Namanganda ikki tumanga katta pul ajratilmoqda

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning farmoyishlari bilan Yangiqoʻrgʻon va Uchqoʻrgʻon tumanlariga mablagʻ ajratiladi.

Jumladan, 16 iyul kuni eʼlon qilingan hujjatga koʻra, "Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma" mablagʻlari hisobidan Uchqoʻrgʻon tumaniga 3 mlrd. 463 mln. soʻm beriladi.

Ushbu jamgʻarma hisobidan esa Yangiqoʻrgʻon tumaniga 14 mlrd. 673 mln. soʻm beriladi. Tuman rahbariyatlari mablagʻlarni sarflash boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qiladi va hujjatlarni taqdim etadi.

Eslatib oʻtamiz, Namangan viloyati hokimi avval uch marotaba Uchqoʻrgʻon tumaniga katta pul ajratgandi.

14 iyun kuni imzolagan farmoyishlarga koʻra, Yangiqoʻrgʻon tumaniga 2 mlrd. 186 mln. 998 ming soʻm va soʻngra Uchqoʻrgʻon tumaniga 3 mlrd. 287 mln. 694 ming soʻm mablagʻ berilishi maʼlum boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid