Endi firibgarlar birovning nomiga kredit rasmiylashtira olmaydilar

Yangi xizmat bilan foydalanuvchi oʻz kredit tarixini oʻrganilishini cheklab qoʻyishi mumkin boʻladi. 

Iqtisod
18-iyul, 15:17
Endi firibgarlar birovning nomiga kredit rasmiylashtira olmaydilar

Endilikda firibgarlar birovning nomiga kredit ololmaydi. Yangi ishga tushirilgan xizmat bilan foydalanuvchi oʻz kredit tarixini oʻrganilishini cheklab qoʻyishi mumkin boʻladi. 

"Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi kredit axboroti subʼektlarining kredit tarixi va unga oid maʼlumotlarni himoya qilinishi borasida koʻrilayotgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadida, 2024 yilning 20 iyun sanasidan "FREEZE" xizmatini test rejimida ishga tushirganini maʼlum qildi.

Mazkur xizmat orqali kredit axboroti subʼektlari (jismoniy shaxslar) oʻzlariga tegishli kredit tarixi maʼlumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar  tomonidan (yangi kredit buyurtmalari boʻyicha)KATM Kredit byurosidan olinishini cheklab (taqiqlab) qoʻyishlari mumkin boʻladi va kredit tarixi ularning xabarisiz oʻrganilishini oldini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt  orqali bepul foydalanish mumkin boʻladi.

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+