platina.uz
Jamiyat

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri ishdan ketdi

Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri ishdan ketdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Botir Zokirov sogʻligi tufayli lavozimidan ozod etildi.

Vazirning birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi masala – qurilish va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokama qilingan.

Qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga oʻsib, 80 trillion soʻmga yetdi. Shunday boʻlsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish boʻyicha jiddiy shugʻullanadigan vaqt kelgani taʼkidlandi.

Qurilish tannarxi faqat yer va qurilish materiallariga bogʻliq emasligi, texnik talablarni moslashtirish, loyihani kelishish, qurilishga ruxsat olishdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga taʼsir qilishi qayd etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid