Qoraqalpogʻistonning ayrim hududlarida transport vositalari tezligi pasaytiriladi
Bu aholi xavfsizligini taʼminlash va YTHlarni kamaytirish uchun amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpogʻistonda aholi xavfsizligi va YTHlar oldini olish uchun ayrim yoʻllarda tezlik pasaytiriladi.
Bu haqda Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashining qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Ellikqalʼa, Xoʻjayli, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Kegeyli, Qonlikoʻl, Toʻrtkoʻl, Amudaryo, Beruniy, Shoʻmanoy va Nukus tumanlari hududlaridagi avtomobil yoʻllarining ayrim qismlarida transport vositalarining yuqori harakatlanish tezligi ilovaga muvofiq 100 km/soat tezlikdan 70 km/soat tezlikka oʻzgartirilmoqda.
Qaror 16 iyul sanasida eʼlon qilingan va shu muddatdan kuchga kirishi belgilangan.
Qaror ilovasida yoʻllarning qaysi qismlarida tezlik pasaytirilishi belgilangan. Jumladan, "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" avtomobil yoʻlining 592-595, 715-718, 680-685, 687-692- kilometrida, "Nukus-Xoʻjayli” yoʻlining 8-11-kilometrida tezlik 70 km/soatgacha pasaytiriladi. Toʻliq roʻyxat qaror ilovasida keltirib oʻtilgan.




