Prezident yigʻilishida oʻnta hudud hokimi ishdan olindi
28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻriladi.

Prezident oʻtkazayotgan yigʻilishda oʻnta hudud hokimi ishdan olinishi maʼlum qilindi.
Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini koʻriladi.
Shuningdek, Qoraoʻzak, Taxiatosh, Uchquduq, Toshkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Gʻozgʻon shahri hokimlarini ishdan olish boʻyicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi qoʻllab-quvvatlandi.
Eslatib oʻtamiz, avval yigʻilishda 2024 yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaygani xabar berilgandi.