Tailand rasman oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etdi
Bungacha oʻzbekistonliklar 60 dollar evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.

Tailand Oʻzbekiston fuqarolariga 15 iyuldan rasman vizasiz tartibni joriy qildi.
Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Endi fuqarolar ushbu davlatga 60 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega.
Bungacha Oʻzbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 dollar evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Eslatib oʻtamiz, avval Tailand hukumati mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar roʻyxati 57 tadan 93 taga koʻpaytirib, ushbu davlatlar qatoriga Oʻzbekistonni ham qoʻshgani haqida OAV xabar qilgandi.
Lekin Oʻzbekiston TIV bu boʻyicha Tailand tomoni hozircha rasman hech qanday maʼlumot eʼlon qilgani yoʻqligini maʼlum qilgandi.