platina.uz
Jamiyat

Nukusda direktor oʻrinbosari qoʻlga olindi

Universitet filiali mansabdori 2 ming AQSh dollari olayotganda ushlandi. 

Nukusda direktor oʻrinbosari qoʻlga olindi

Nukusda universitet filiali direktori oʻrinbosari pora bilan ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro T.Ye. fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu universitetning Nukus filiali direktori oʻrinbosari R.X. fuqaro S.S.ni oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid