Donald Tramp rasman prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatildi
U vitse-prezidentlikka kimni qoʻymoqchi ekanini ham ochiqlagan.

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp suiqasddan ikki kun oʻtib, 15 iyul kuni Miluokida (Viskonsin shtati) boshlangan partiya qurultoyida Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatildi.
Tramp endi 18 iyul kuni oʻz nomzodini rasman qabul qiladi va noyabr oyidagi saylovlarda AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenga qarshi chiqadi.
Shuningdek, Tramp vitse-prezidentlikka nomzodini ilgari surdi. U Ogayo shtatidan respublikachi senator Jeyms Devid Vensni AQSh vitse-prezidentligiga nomzod sifatida eʼlon qildi.
"Jeyms Devid Vens vitse-prezident sifatida Konstitutsiyamiz uchun kurashni davom ettiradi, qoʻshinlarimiz bilan birga boʻladi va Amerikani buyuk qilishim uchun qoʻlidan kelganini qiladi", deb yozdi Tramp oʻzining Truth ijtimoiy media platformasida.
CNN taʼkidlaganidek, roʻyxatga olingan saylovchilarning 66 foizi Vens haqida hech narsa eshitmagan yoki siyosatchi sifatida u haqida fikr bildirish uchun juda kam eshitgan.
Vens "Oʻrta Gʻarbdagi saylovchilar bilan aloqa oʻrnatish uchun maxsus isteʼdodga ega va Respublikachilar partiyasini oʻzining tugʻilgan Ogayo shtatini Trampning yaqin shtatiga aylantirgan populistik kuchga aylantirish uchun namunadir", deb yozadi CNN.
Eslatib oʻtamiz, 13 iyul kuni Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Oʻq sobiq prezidentning qulogʻini yaraladi.




