platina.uz
Jamiyat

Bekobodsement” menejeri talon-torojlikda ayblandi

U korxonaning 30 tonnaga yaqin sement mahsulotini boshqaga sotib yuborgan. 

Bekobodsement” menejeri talon-torojlikda ayblandi

Bekobod shahar sudi binosidagi ochiq sud majlisida “Bekobodsement” AJning sotuv boʻlimi hududiy menejeri lavozimida ishlab kelgan ayblanuvchiga sud hukmi oʻqildi. Hukm Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, P.A. jami ogʻirligi 29,68 tonna boʻlgan 21.253.106 soʻmlik sement maxsulotlari “BTL” MChJ uchun yuborilgan boʻlsada, oʻzganing mulkini oʻzlashtirish maqsadida uni MChJga yetkazib bermagan. Aksincha mahsulotni “Home Depot” MChJga naqd pul evaziga sotib yuborib, jamiyatning 21.253.106 soʻmlik mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sudlanuvchi P.A sud muhokamasida unga eʼlon qilingan ayblovga qisman iqrorligini bildirdi. Sud davlat ayblovchisi fikrlarini, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogarning koʻrsatmalarini tinglab, ish hujjatlarini tahlil qilib, ayb dalillar bilan toʻliq isbotlangan deb hisoblaydi.

Sud hujjatlariga koʻra, sudlanuvchi M-400 markali sement maxsulotlarini har bir kilogrammini 530 soʻmdan sotishga kelishgan.

Yakuniy hukmga koʻra, P.A. 1 (bir) yil muddatga korxona, muassasa va tashkilotlarda moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, ish haqining 15 foiz miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yil 6 (olti) oy muddatga muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Shuningdek, P.A Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi depozit hisob raqamiga 21 253 106 soʻm toʻlagan. U yetkazilgan zararlarni qoplashga qaratiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid