platina.uz
Jamiyat

"Toshkent shahar suv taʼminoti"ga qarshi ish ochilgani maʼlum boʻldi

Raqobat qoʻmitasi izohiga koʻra, korxona kommunal-ekologik normativ hujjatga amal qilmagan. 

"Toshkent shahar suv taʼminoti"ga qarshi ish ochilgani maʼlum boʻldi

Raqobat qoʻmitasi "Toshkent shahar suv taʼminoti" ish qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “UZCARLSBERG” MChJning “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ xizmatidan norozi boʻlib qilgan murojaati vakolat doirasida oʻrganib chiqilgan.

Mazkur murojaatni oʻrganish jarayonida “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ va “UZCARLSBERG” MChJ oʻrtasida “Chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqirish toʻgʻrisida”gi kommunal-ekologik normativ hujjat rasmiylashtirilgan. Unga koʻra, “UZCARLSBERG” MChJga chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarib yuborish uchun suv hajmi 68 % koeffitsiyent qoʻllanishi belgilangan.

Biroq, “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ tomonidan “UZCARLSBERG” MChJga 76 % koeffitsent qoʻllanilganligi natijasida 75 mln soʻmga yaqin ortiqcha toʻlov hisoblanganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha, hududiy boshqarma tomonidan “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJga nisbatan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi (tabiiy monopoliya subʼektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya subʼektlarining belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish man etiladi) talablarini buzganlik alomatlari mavjud deb belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

Eslatib oʻtamiz, avval qoʻmita "Korzinka"ga qarshi ish qoʻzgʻatgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid