platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi "Korzinka"ga qarshi ish qoʻzgʻatdi

 Supermarketlar tarmogʻi reklamada foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan soʻz jumlalaridan foydalangani aytilgan. 

Raqobat qoʻmitasi "Korzinka"ga qarshi ish qoʻzgʻatdi

Raqobat qoʻmitasi "Korzinka” supermarketlar tarmogʻiga qarshi ish qoʻzgʻatdi.

Supermarketlar tarmogʻi tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida " Kundalik xaridlarga eng arzon narx", "Eng arzon narx - Korzinkada","...Eng unumlisiga keling!" degan reklamasida foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan soʻz jumlalaridan foydalanilganligi kuzatilmoqda.

Mazkur reklama axborotida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak boʻladigan maʼlum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat boʻlgan katalog joriy qilinganligi maʼlum boʻldi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmogʻi hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlari boʻyicha oʻtkazilgan monitoringlar natijasiga koʻra solishtirilganligi hamda taqqoslash uchun har bir tovarning alohida emas, balki savatning (katalogning) umumiy narxi olinganligi Qoʻmita tomonidan aniqlandi.

Xususan, "eng arzon narx" deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari boʻyicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi.

Reklamani bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida"gi Qonuni 16-moddasi birinchi qismi va Oʻzbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ANGLESEY FOOD MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid