Kopa Amerika: Argentina finalda Kolumbiyani magʻlub etdi
Shu tariqa argentinaliklar 16-bor Amerika qitʼasida tengsiz boʻldi.

Bugun Kopa Amerika musobaqasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Argentina va Kolumbiya termalari toʻqnash keldi.
Kopa Amerika. Final.
Argentina- Kolumbiya 1:0
"Xard Rok Stedium" arenasi.
Gol: Lautaro Martines 112.
Gʻalabadan soʻng Argentina ketma-ket 2-marta, umuman 16-bor oʻz qitʼasida tengsiz jamoaga aylandi va Urugvayni (15) ortda qoldirib, mutlaq rekordchiga aylandi. Bundan tashqari Argentina 30 bor finalga chiqishga muvaffaq boʻlgan.