Kimlarga suv havzalarida choʻmilish taqiqlanadi? Shifokor izohi
Surunkali xastalikka chalinganlar ham choʻmilishga borishdan avval vrach bilan maslahatlashishi lozim.

Suzish havzalarida choʻmilish yurak xastaligi yoki jarrohlik amaliyotini boshidan oʻtkazgan shaxslarga tavsiya etilmaydi.
Bu haqda Rossiya poytaxti Moskva sogʻliqni saqlash departamentining birlamchi tibbiy yordam boʻyicha bosh mustaqil mutaxassisi Andrey Tyajelnikov maʼlum qildi, deya xabar beradi RIA "Novosti".
“Agar siz yaqinda insult, yurak xuruji yoki jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan boʻlsangiz, suzishga bormaganingiz maʼqul. Bundan tashqari tiklanish davri tugaguncha kutishingiz va shifokor bilan maslahatlashingiz kerak", - dedi Tyajelnikov.
Shifokor surunkali xastalikka chalinganlar choʻmilish mavsumida ehtiyot choralarini koʻrishlari kerakligini qoʻshimcha qildi.
"Issiq ob-havo, quyosh taʼsirida suzish paytida haroratning oʻzgarishi tanaga jiddiy yuk boʻlib, kasalliklar tufayli moslashish qobiliyati pasayadi, shuning uchun xavf ortadi", - deya ogohlantirdi shifokor.