Ispaniya Yevropa chempioni boʻldi
Murosasiz kechgan oʻyinda omad ispanlarga kulib boqdi.

Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempioniga aylandi. Germaniyada Angliya va Ispaniya oʻrtasida final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Teng kurashlar ostida birinchi boʻlimda gol urilmadi. Ikkinchi taym boshida Uilyams hisobni ochdi. Zaxiradan tushgan Palmer hisobni tenglashtirdi, ammo ispanlarning sehrli tayoqchasi boʻlish Oyarzabalga nasib qildi.
Shu tariqa Ispaniya chempionga aylandi. Finalchilar orasida toʻpurarlikda Olmo va Keynda 3 tadan gol bor.
Yevro-2024, final
Ispaniya - Angliya 2:1
Gollar: Uilyams 47, Oyarzabal 86 - Palmer 73