Shavkat Mirziyoyev Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Oʻzbekiston rahbari bu zoʻravonlik harakatini keskin qoralagan. 

Siyosat
14-iyul, 13:07
Shavkat Mirziyoyev Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga suiqasd uyushtirilganiga munosabat bildirdi. 

"Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq soʻzlayotgan chogʻida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari ushbu zoʻravonlik harakatini keskin qoraladi va Donald Trampga tez fursatda sogʻayib ketishini tilagan.

Eslatib oʻtamiz, 13 iyul kuni Donald Tramp Pensilvaniyada saylovchilar uchrashuv oʻtkazayotganda suiqasdga uchradi. Suiqasdda bir kishi vafot etdi, Tramp kichik jarohat oldi. 
 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+