Ukraina razvedkasi Putinga qarshi suiqasdlar haqida eʼlon qildi
Kreml tomoni mazkur bayonotga tezkor javob qaytargan.

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hayotiga suiqasdlar haqida gapirdi.
Budanov 13 iyul, shanba kuni Ukrainaning NV nashriga bergan intervyusida bu maʼlum qildi.
"Ularni (Putinni oʻldirishga harakat – tahr.) amalga oshirishga urinishlar boʻlgan, biroq, koʻrib turganingizdek, barchasi hozircha muvaffaqiyatsiz chiqdi", — dedi Budanov.
Budanovga koʻra, Vladimir Putin "murosa qilinadigan shaxs emas".
Oʻz navbatida razvedka rahbari Budanov sovet diktatori Iosif Stalinning oʻlimiga guvoh boʻlgan buvisining hikoyalarini esladi.
"Uning soʻzlariga koʻra, odamlar oʻshanda butun dunyosi vayron boʻlgan deb oʻylashgan, qanday yashash kerakligi nomaʼlum boʻlib qolgan. Putin 20 yildan koʻproq vaqt davomida hokimiyat tepasida, shuning uchun ruslar uning oʻlishidan qoʻrqishadi. Chunki Putin (guyo) ularning hayoti barqarorligining kafolati", - deya qoʻshimcha qildi Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi.
Oʻz navbatida Kreml mazkur soʻzlarga darhol javob qaytardi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina tomonidan aniq xavflar borligini aytib, prezidentni qoʻriqlash yuqori darajada ekanini aytdi.