platina.uz
Jamiyat

Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi masʼullari aholidan yigʻilgan katta pulni oʻzlashtirib yubordi

Jami 1,6 mlrd. soʻmlik chek, schyot-faktura yoʻl varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirilmagan. 

Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi masʼullari aholidan yigʻilgan katta pulni oʻzlashtirib yubordi

Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi “A.K.” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022 yildan 01.07.2024 yilga qadar aholidan yigʻilgan jami 1,6 mlrd soʻm mablagʻlarni sarflanganligi haqidagi chek, schyot-faktura, yoʻl varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmaganligi, shuningdek MChJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 mln soʻmni naqd koʻrinishda olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid