“Sen kuchlisan” xayriya tadbiridan eksklyuziv reportaj
Yoshlar ishlari agentligi onkologik bemor bolalarga zamonaviy noutbuklar hadya qildi.

Yoshlar ishlari agentligi granti asosida “Sen kuchlisan” loyihasi tomonidan “Onkologiya ongni sindirmasin” nomi ostida xayriya tadbiri boʻlib oʻtdi.
“Sen kuchlisan” loyihasi kashf etgan 12 nafar bola IT sohasida 300 nafardan ortiq nomzodlar orasidan tanlab olingan. Agentlik ana shu bolalarning har biriga zamonaviy noutbuk taqdim etdi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi gʻolib bolalarni “Ustoz AI” onlayn platformasi va malakali mutaxassislar tomonidan dasturlash, grafik-dizayn va boshqa zamonaviy kasblarga oʻqitib ham beradi.
Batafsil yuqoridagi videoda.