platina.uz
Jahon

Demokratik partiya homiylari Bayden sabab saylov kampaniyasini moliyalashtirishni toʻxtatmoqda

Bu AQSh rahbarining prezidentlik debatidagi omadsiz chiqishi bilan bogʻliq. 

Demokratik partiya homiylari Bayden sabab saylov kampaniyasini moliyalashtirishni toʻxtatmoqda

AQSh Demokratik partiyasi homiylari umumiy qiymati 90 million dollardan ortiq mablagʻni oʻtkazishni muzlatib qoʻydi.Bu AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenni saylov kampaniyasida boshqa nomzod bilan almashtirmaguncha davom etadi, yozadi The New York Times ikki manbaga asoslanib.

Suhbatdoshlarning soʻzlariga koʻra, "sakkiz raqamli majburiyatlar"ning yana bir qismi muzlatilgan.

NYT maqolasida aytilishicha, 90 million dollar hanuzgacha Future Forward siyosiy harakat qoʻmitasiga oʻtkazilmagan. Nashr homiylarning bunday qarorlarini Jo Baydenning Donald Tramp bilan bahsdagi muvaffaqiyatsiz chiqishi bilan bogʻlaydi. Qayd etilishicha, mablagʻ oʻtkazishdan bosh tortish amaldagi prezident maslahatchilarining janob Baydenni poygadan ketishga koʻndirish urinishlari fonida sodir boʻlmoqda.

Demokratik qoʻmita bahs oldidan Jo Baydenning saylovoldi kampaniyasi uchun 700 million dollardan ortiq mablagʻ yigʻishni rejalashtirgan. Shu kungacha ular 430 million dollar yigʻishgan.

Iyun oyida Jo Bayden Donald Tramp bilan debatda qatnashgan edi. Debatni tashkil etgan CNN telekanali soʻroviga koʻra, tomoshabinlarning 67 foizi Donald Trampni gʻolib deb bilishgan. Shundan soʻng, bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari, hukumat amaldorlari va Demokratik partiya donorlari amaldagi prezidentdan saylovoldi poygasidan chiqishni soʻrashdi. NBC va FT Baydenning saylovoldi kampaniyasi donorlar xayriyalarini qisqartirishga tayyorgarlik koʻrayotganda, uning saylovoldi kampaniyasi uchun mablagʻ tugashi xavfiga duch kelganini yozdi.

Jo Bayden esa poygani tark etishdan bosh tortdi. AQShda prezidentlik saylovlari 5 noyabrga belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid