Raqobat buzilishi boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish tartibi belgilandi
Qonunbuzilishlar boʻyicha chiqarilgan qarorlarni koʻrib chiqish muddati bir oyni oʻz ichiga oladi.

"Raqobat toʻgʻrisidagi Qonun" qabul qilingani munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Mahkamasining 2024 yil 10 iyuldagi 405-sonli qarori bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim
qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
- isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining vakolatli davlat organi tomonidan ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilib, koʻrsatma beriladigan ayrim holatlari;
- davlat yordamini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan majburiy tartibda kelishilishi;
- raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun monopoliyaga qarshi organ tomonidan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;
- monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya subʼektlari tovarlarining narxlarini (tariflarini) tartibga solishda ishtirok etmasligi;
monopoliyaga qarshi komplayens tizimi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, yagona yetkazib beruvchi hamda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda, yuridik shaxslar va yuridik shaxslarning birlashmalarda majburiy tartibda joriy etilishi.
Ushbu hujjatda qonunchilikni buzishda ish qoʻzgʻatish asoslari ham belgilab berilgan. Jumladan, qonun buzilish holatlari, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib chiqqan murojaatlar, mahalliy hokimiyat organlaridan kelib tushgan taqdimnomalar va boshqalar.
Shuningdek, qonunbuzilishlari tekshirishda ishtirok etuvchi shaxslar roʻyxati ham tasdiqlandi, bunda vakolatli davlat organlari, ekspertlar, guvohlar, tarjimonlardan tashqari fan, sanʼat va boshqa sohalarda maxsus bilimga ega boʻlgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
Qonun buzilishi ishini koʻrib chiqish muddatini maxsus komissiya hal qiladi.
Bundan tashqari qarorda rasmiy davlat organi qarori , koʻrsatmalari va xatlari yuzasidan shikoyat qilish tartibi ham koʻrsatib oʻtilgan. Bunda shikoyatlar qaror chiqqanidan bir oy ichida qabul qilinadi.