“Oʻzbektelekom” xalqaro darajada rivojlanmoqda

Kompaniya ilgʻor 5G texnologiyalarini joriy etish va 6G ga oʻtish istiqbollari, bulutli yechimlar hamda sunʼiy intellekt davriga kirish mavzularidagi xalqaro muhokamalarda faol qatnashdi.

Biznes
12-iyul, 11:39
“Oʻzbektelekom” xalqaro darajada rivojlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son farmonida ham bu borada bir qator chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Shundan kelib chiqqan holda oʻtgan davr mobaynida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ham ayni shu maqsadlarga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Eʼtiborlisi, faoliyatlar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini ham mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yil boshida Kompaniya delegatsiyasi Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan “MWC Barcelona-2024” Jahon mobil kongressida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Shuningdek, aprel oyida “Oʻzbektelekom” tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor International Wholesale Telecom Congress – IWTC forumi oʻtkazildi, ushbu nufuzli tadbirda OʻZTELEKOM Olmos homiy va asosiy hamkor sifatida faol qatnashdi va tadbir doirasida qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Kompaniya masʼullari Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan ASMH elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 46-yigʻilishida, shu bilan birga soha doirasidagi ikkita yetakchi tadbir – Huawei ME & CA Tech Carnival & Partner Summit 2024 va M360 Eurasiada asosiy ishtirokchi sifatida – ilgʻor 5G texnologiyalarini joriy etish va 6G ga oʻtish istiqbollari, bulutli yechimlar hamda sunʼiy intellekt davriga kirish mavzularidagi muhokamalarda faol qatnashdi. Shuningdek, “Oʻzbektelekom” delegatsiyasi vakillari Belarus aloqa va axborotlashtirish vazirligi va “Beltelekom” kompaniyasi tashkil etgan nufuzli “TIBO” AKT xalqaro forumining ham asosiy qatnashchilaridan biri boʻldi.

Kompaniya xalqaro tadbirlardagi ishtiroki natijasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishib kelmoqda. Amalga oshirilgan ishlar va faoliyatga joriy qilingan yangiliklar samarasi esa xalqaro miqyosda eʼtirof etilmoqda. Jumladan, “MWC Barcelona-2024” doirasida “Oʻzbektelekom” 2023 yilning 3-4-choragi boʻyicha Ookla® kompaniyasining “Eng tezkor mobil tarmoq” va “Eng yaxshi mobil geyming tajribasi” nominatsiyasi bilan munosib taqdirlandi. Bundan tashqari, Berlin shahrida boʻlib oʻtgan GCCM’ning Global Awards tanlovida “Oʻzbektelekom” bir vaqtning oʻzida uchta nominatsiya boʻyicha short-listga kirdi va “5G loyihasini ishga tushirish” uchun nufuzli mukofotni qoʻlga kiritdi.

Birgina 2023 yil davomida 6000 dan ortiq tayanch stansiyalarni muvaffaqiyatli oʻrnatib, modernizatsiya qilindi. Natijada aloqa sifati sezilarli darajada oshirilib, abonentlar uchun yangi qulayliklar yaratildi. Bu oʻz oʻrnida amaldagi faoliyatlar samarasidir.

Ayni paytda Kompaniya tomonidan xalqaro aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlar asosida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida sohaga oid belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+