Boʻzatov festivali gʻolibi Belarusda gran-prini qoʻlga kiritdi
Bundan tashqari Yasmina tanlovning eng yosh ishtirokchisi sifatida eʼtirof etildi.

“Yoshlar ovozi” – Boʻzatov Fest tanlovining respublika bosqichida gʻalaba qozongan Yasmina Belarusda oʻtkazilgan XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida gran-prini qoʻlga kiritdi.
U avval “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov Fest tanlovining respublika bosqichida estrada yoʻnalishida 10-15 yosh toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgandi.
Yasmina bundan tashqari , “Hayot musiqasi” («Muzыka Jizni») xalqaro koʻp janrli tanlovida, “Quyosh uyi Turkiya” («Dom solnsa Tursiya») Xalqaro festivalida, “Baxtli elning bolasi” («Bakыttы yeldin urpagi») Xalqaro tanlovida, “Sharq atirguli 2023” («Roza Vostoka 2023») Xalqaro koʻpjanrli festival-tanlovida, “Shark talent” yosh isteʼdodlar respublika tanlovida gran-prini, “Jahon yoshlar sanʼati” («Mirovoye molodejnoye iskusstvo») Xalqaro tanlovida, XIV “Qobiliyatli bolalar” («Odaryonnыe deti») marafonida oltin gran-pri, I “Toshkent katta festivali” («Tashkent grand festival»)da super gran-pri sohibasi boʻlgan.
Yasmina XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida eng yosh ishtirokchi sifatida eʼtirof etildi. Mukofotni unga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi.