platina.uz
Jahon

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaga qarshi rezolyutsiyaga ovoz berdi

Rezolyutsiya Zaporoje AESdan rus qoʻshinlarini zudlik bilan olib chiqib, uni Kiyevning toʻliq nazoratiga qaytarishn nazarda tutadi. 

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaga qarshi rezolyutsiyaga ovoz berdi

BMT Bosh Assambleyasi koʻpchilik ovoz bilan Ukraina tomonidan taklif etilgan Zaporoje AESdagi vaziyat boʻyicha rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

Unga koʻra Rossiya AESdan qoʻshinlarini zudlik bilan olib chiqib, uni Kiyevning toʻliq nazoratiga qaytarishi kerak.

193 davlatni oʻz ichiga olgan assambleya rezolyutsiyani 99 ta ovoz bilan qoʻllab-quvvatladi, toʻqqiz davlat qarshi ovoz berdi (TASS agentligi maʼlumotlariga koʻra, bular Belarus, Burundi, Kuba, Shimoliy Koreya, Eritreya, Mali, Rossiya, Nikaragua va Suriya) va 60 ta betaraf qoldi.

Ovoz berishdan oldin Ukrainaning BMTdagi elchisi Sergey Kislitsa Bosh Assambleya ishtirokchilarini hujjatni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. "Bu bizning kelajak avlod oldidagi burchimizdir. Biz yadroviy ofatlar dahshatlari boshqa takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak", — dedi u.

TASS xabariga koʻra, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy "rezolyutsiyani faqat Yevropa, AQSh va Ukrainadagi urush tarafdorlarini ragʻbatlantirishi mumkin boʻlgan siyosiylashtirilgan loyiha deb atadi".

Rossiya qoʻshinlari 2022 yil fevral oyida keng koʻlamli bosqin boshlanganidan koʻp oʻtmay Zaporoje atom elektr stansiyasini egallab oldi.

Zaporoje atom elektr stansiyasi oʻshandan beri elektr energiyasi ishlab chiqarmagan, biroq uning oʻzi tarmoqdan toʻliq uzilmagan reaktorlardan birini sovutish uchun doimiy ravishda elektr energiyasi yetkazib berishni talab qiladi.

Vaqti-vaqti bilan stansiya oʻqqa tutiladi, buning uchun Moskva va Kiyev bir-birini ayblaydi.

Shuningdek, Ukraina rasmiylari Rossiyani Zaporoje atom elektr stansiyasidan harbiy xizmatchilar va qurol-yarogʻlarni joylashtirish uchun foydalanganlikda ham bir necha bor ayblagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid