Yevro-2024: inglizlar finalga yoʻl oldi
Musobaqaning hal qiluvchi oʻyini Ispaniya va Angliya oʻrtasida kechadi.

Yevropa chempionatining yarim finali doirasida Niderlandiya va Angliya maydonga tushdi.
Asosan inglizlar hujui ostida oʻtgan birinchi taymda hisob 1:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi boʻlim soʻnggi daqiqasida esa zaxiradan maydonga tushgan Uotkins gʻalaba golini urdi.
Shu tariqa endi 14 iyul kuni finalda Ispaniya va Angliya oʻynaydi.
Yevro-2024, yarim final
Niderlandiya - Angliya 1:2
Gollar: Simons 7 - Keyn 18 pen., Uotkins 90