Uchtepa tumani hokimi lavozimidan ketdi
Farhod Abdullayevning oʻrniga vaqtincha rahbar ham tayinlandi.

Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
U “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ raisi etib tayinlandi. Prezident qarori bilan “Olmaliq KMK” AJ tarkibidagi “Nodir metallar va qattiq qotishmalar” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi negizida shu kombinat tashkil etilgan edi.
Hokimlik vazifasini birinchi oʻrinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha bajarib turadi.




