platina.uz
Jamiyat

Prezident Qoʻqon aeroportidagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi

Ushbu aeroportda hozir 100 kishiga moʻljallangan terminal faoliyat yuritmoqda. 

Prezident Qoʻqon aeroportidagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida 11 iyul kuni Fargʻona viloyatiga keldi.

Mamlakatda transport infratuzilmasi sohasida qator ishlar olib borilmoqda. Birgina havo yoʻllari tarmogʻida Samarqand, Termiz, Moʻynoq, Zomin aeroportlari yangilanib, ishga tushirildi. Toshkent va Urganch xalqaro havo portlari taʼmirlanmoqda, “Toshkent-Sharqiy” qayta qurilmoqda.

Joriy yil mart oyida Qoʻqon aeroporti ham yangidan ochilgan edi. Bugun Oʻzbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qoʻndi.

Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan boʻlib, yaqin yoʻnalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yoʻlga qoʻyildi.

Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Aeroportda 100 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qoʻnish yoʻlagi qoplamasi taʼmirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari oʻrnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Prezident endi bu aeroport xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini taʼkidladi. Buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara berishi, xalqaro reyslarni ham yoʻlga qoʻyish mumkinligi qayd etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid