platina.uz
Jahon

NATO 2025 yilda Ukrainaga kamida 40 milliard yevro yordam ajratadi

Bu haqda Oq uy tomonidan eʼlon qilingan hujjatda aytiladi. 

NATO 2025 yilda Ukrainaga kamida 40 milliard yevro yordam ajratadi

NATO ittifoqchilari 2025 yilda Ukraina Qurolli kuchlariga kamida 40 milliard yevro harbiy yordam ajratish niyatida.

Bu haqda Oq uy saytida chop etilgan press-relizda maʼlum qilindi.

"Ittifoqchilar kelasi yil davomida kamida 40 milliard yevro miqdorida asosiy moliyalashtirish, shuningdek, Ukraina gʻalabasi uchun barqaror darajadagi xavfsizlik yordamini taqdim etish niyatini eʼlon qiladi", deyiladi hujjatda.

Amerika yetakchisi Jo Bayden Vashingtondagi NATO sammitida AQSh va uning Germaniya, Ruminiya, Italiya va Gollandiya kabi Shimoliy Atlantika alyansidagi ittifoqchilari yaqin orada Ukrainaga "oʻnlab Gʻarb havo mudofaa tizimlari" yetkazib berishni boshlashini aytgan.

Sammitda shuningdek, Xitoy va Shimoliy Koreya kabi davlatlar ham jiddiy tanqid qilingan. Jumladan, Xitoy Moskva bilan faol savdo aloqalari olib borib, Rossiyaning Ukrainaga agressiyasini bilvosita iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashda ayblangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid