Amerika kubogida finalchilar maʼlum boʻldi

Turnir favoritlaridan biri sifatida koʻrilgan Urugvay musobaqani tark etdi. 

Sport
11-iyul, 9:20
Amerika kubogida finalchilar maʼlum boʻldi

11 iyulga oʻtar kechasi AQShning Sharlotta shahrida Urugvay va Kolumbiya terma jamoalari oʻrtasida Amerika kubogi-2024 yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Ushbu oʻyinda Kolumbiya terma jamoasi Jefferson Lermaning yagona goli evaziga 1:0 hisobida minimal gʻalabaga erishdi va turnir finaliga yoʻl oldi.

Hal qiluvchi bahsda kolumbiyaliklar Argentina bilan toʻqnash kelishadi. Bir kun avval Lionel Messi va jamoasi Kanadani 2:0 hisobida magʻlub etgandi. 

Final 15 iyulga oʻtar kechasi Mayamida boʻlib oʻtadi.

Urugvay  esa 3-oʻrin uchun kanadaliklar bilan toʻqnash keladi. Uchrashuv 14 iyulga oʻtar kechasi Sharlotta shahrida boʻlib oʻtadi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+