Yevro-2024: Ispaniya finalga chiqdi
UlargFransiyaga qarshi oʻyinda iroda va mahorat namoyish etishdi.

Yevropa chempionatining yarim finali doirasida Ispaniya va Fransiya maydonga tushdi.
Murosasiz kechgan oʻyinda fransuzlar tezkor gol ura olishdi. Ammo xursandchiligi ham uzoqqa bormadi. Ispaniya 15 daqiqa ichida 2 ta gol urib, gʻalabani ilib ketdi.
Shu tariqa Ispaniya musobaqa finaliga chiqdi va Angliya - Gollandiya uchrashuvi gʻolibini kutadi.
Yevro-2024, yarim final
Ispaniya - Fransiya 2:1
Gollar: Yamal 21, Olmo 25 - Muani 8