platina.uz
Jamiyat

Orolboʻyida minglab fuqarolarning ishsizlik muammosi hal etildi

Suv taʼminotini yaxshilash uchun 50,2 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi. Oʻnlab transformatorlar taʼmirlandi. 

Orolboʻyida minglab fuqarolarning ishsizlik muammosi hal etildi

Davlat rahbari topshirigʻiga asosan Prezident maslahatchisi oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari U.Muxammadiyev boshchiligida Respublika ishchi guruhi Orolboʻyi hududidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻistondagi 16 ta tuman va shaharlardagi 403 ta mahallalarda oʻtkazilgan oʻrganishlar, Prezident Virtual hamda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar asosida aholi turmush sharoitini va darajasini yaxshilash boʻyicha oʻtgan bir oy mobaynida qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, ilk bosqichda 64 ta sektor kesimida ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, ishsizlik darajasini kamaytirish, yoshlar orasida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash kabi dolzarb masalalr boʻyicha oyma-oy “mahallabay” va “tumanbay” reja-grafiklari ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.

Natijada, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida 8,7 km yoʻllar asfaltlandi, 101 km ichki yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi yotqizildi. Elektr taʼminotini yaxshilash uchun 126 ta transformator taʼmirlanib, 9 tasi yangidan oʻrnatildi, 93 ta simyogʻochlar almashtirildi, qoʻshimcha 548 ta ustunlar oʻrnatildi, 17,8 km tarmoq tortilib, 97 ta yangi tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi.

Aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun 50,2 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi. Gaz taʼminoti masalasida 238 ta gaz taqsimlash punktlari taʼmirlandi, 29 km gaz tarmoqlari kapital taʼmirlandi.

Mahallalarni obodonlashtirish maqsadida 62 km ichki koʻchalar tartibga keltirildi, 72 km uzunlikdagi lotok, ariq, kanal, kollektor-zovurlar tozalandi.

Orolboʻyi hududi boʻyicha jami 5 611 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Jumladan, ularning bandligi mavjud boʻsh ish oʻrinlar, oʻzini oʻzi band qilish, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ekin yeri ajratish, kasb-hunarga oʻqitish orqali taʼminlandi.

Joylarda aholi va yoshlar orasida tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlanitirish maqsadida mahalla “yettiliklari” bilan hamkorlikda 3 mingdan ziyod – jami 68,5 mlrd soʻm miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilishiga erishildi.

Aholi sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash maqsadida jami 72 mingdan ziyod fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 721 nafariga davolanish uchun order berildi, 98 nafar bemorlarda bepul jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.

Oʻtgan oy davomida ijtimoiy koʻmakka muxtoj “Ayollar daftari”dagi 4 mingdan ziyod xotin-qizlarga 1,6 mlrd. soʻmlik yordamlar koʻrsatildi. Undan tashqari, ishchi guruh tomonidan 58 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinalari, pishiruv pechlari, motokultivator topshirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid