platina.uz

Davlat xaridlari boʻyicha mobil ilovalar yaratiladi

Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari xaridlar boʻyicha reja-qarorlari va boshqa hujjatlar muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi. 

Davlat xaridlari
10-iyul, 15:15
Davlat xaridlari boʻyicha mobil ilovalar yaratiladi

Davlat xaridlari boʻyicha mobil ilovalar yaratiladi.

“Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subʼektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-249-son, 10.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 sentabrdan:

-ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi;

- davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmachilarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur boʻladigan tovarlarni mahalliylashtirish orqali kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan oʻz takliflarini berish imkoniyati yaratiladi.

2024 yil 1 oktabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga ushbu sahifa asosida boshlangʻich narxni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.

2024 yil 1 dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.

Har yil yakuni boʻyicha keyingi yilning 1 apreligacha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari oʻtkaziladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+