Buxoro shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
U 2024 yil boshida sogʻligʻidagi muammolar sabab hokimlikdan ketgandi.

Nosirov Jamol Shuhratovich Buxoro viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, psixolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Faoliyati davomida “Kamolot” YoIH Buxoro viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari va 2021-2024 yillarda Buxoro shahar hokimi lavozimlarida mehnat olib borgan. U mart oyida sogʻligʻidagi muammolar sabab ishdan ketgandi.
Bungacha Ali Boboyev ekologiya boshqarmasiga rahbarlik qilayotgandi.