Yoshlar uchun yana bir mega-loyiha boshlanyapti
Bu tadbirlar Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladi.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni maʼnaviyat va maʼrifatga oshno qilish maqsadida butun respublika boʻylab mega-loyiha boshlanmoqda.
Iyul-avgust oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻylab “Biz bir boʻlsak, yagona xalqmiz – birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtadi.
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan mazkur tadbir Respublika Manaviyat va marifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida oʻtkaziladi.
Festival doirasida quyidagi loyihalar rejalashtirilgan:
“Vatan madhi” nomli musiqiy konsert dasturi;
“Mutolaa marafoni”;
“Eng maʼnaviyatli mahalla”;
“Ziyolilar forumi”;
“Uch avlod uchrashuvi”;
“Oila – manaviyat qoʻrgʻoni”;
“Ajdodlarga ehtirom”;
“Maʼrifat-tur”;
“Milliy birdamlik”;
“Inson qadri”;
“Maʼrifat soati”;
“Maʼnaviyat kubogi” sport musobaqasi;
“Kinokarvon”.
Avvalroq yoshlar oyligi doirasida ham xuddi shunday festivallar, tanlovlar va loyihalar boʻlib oʻtgandi.