platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyati Agrobank boshqarmasi byurokratiya uchun jazolandi

Bunga Chinoz tumanidagi fermer xoʻjaliklarining murojaati sabab boʻlgan. 

Toshkent viloyati Agrobank boshqarmasi byurokratiya uchun jazolandi

Agrobank Toshkent viloyati boshqarmasiga chora koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasiga Chinoz tumani fermer xoʻjaliklari murojaati kelib tushgan. Murojaat qoʻmitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida oʻrganib chiqildi.

“Agrobank” ATB tovar yoki moliya bozorida davlat reyestrida “Fermer xoʻjaliklarini kreditlash xizmati” boʻyicha ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subʼekt hisoblanadi.

Mazkur murojaatni oʻrganish davomida fermer xoʻjaliklari “Agrobank” ATB Chinoz filiali bilan kredit shartnomasi va taʼminotchi tashkilotlarni ixtiyoriy tanlash boʻyicha shartnoma imzolagan.

Biroq “Agrobank” ATB bosh ofisining Agrosanoat majmuini kreditlash boʻlimi tomonidan fermer xoʻjaliklardan ushbu kreditlarni ajratilishida mablagʻlardan erkin foydalanishiga hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlashida bir qator sunʼiy hamda byurokratik toʻsiqlar yaratilgan. Xususan, fermer xoʻjaliklariga ajratiladigan ushbu kredit mablagʻlari hisobidan mineral oʻgʻit, yoqilgʻi moylash mahsulotlari, texnika xizmati va texnikalarga ehtiyot qisimlar sotib olishda Chinoz tumani hokimligidan ushbu yetkazib beruvchi korxonalarni taʼminotchilar roʻyxatiga qoʻshish uchun asossiz ravishda xat talab qilish holati maʼlum boʻlgan.

Prezidentning 06.03.2020-yildagi PQ-4634-sonli va 15.11.2021-yildagi PQ-10-sonli qarorlari bilan yuqoridagi kredit ajratish tizimining tartib-taomillari belgilangan hamda Vazirlar Mahkamasining 11.03.2021-yildagi 130-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan uning tartiblari belgilangan.

Maʼlumotlariga koʻra, “Agrobank” ATB Chinoz filiali maʼlumotlariga asosan fermer xoʻjaliklariga Gʻalla-2024 yil hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻining ishlatilgan qismi 4. 6 mlrd soʻmni tashkil etishi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasiga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni buzilishi alomatlari boʻyicha tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilib, belgilangan tartibda chora qoʻllanildi.

Shuningdek, bu kabi holatlar yuzasidan Respublika boʻyicha ham hududlar kesimida oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid