platina.uz
Jamiyat

Angren IESning 5 milliard soʻmga yaqin qarzi bekor qilindi

IES gaz narxining oshishi sabab toʻlovlarning qimmatlashuvi ortidan Raqobat qoʻmitasiga murojaat qilgan. 

Angren IESning 5 milliard soʻmga yaqin qarzi bekor qilindi

Raqobat qoʻmitasi aralashuvi bilan Angren IESning 5 mlrd. soʻmga yaqin qarzi bekor qilindi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmasi tomonidan Angren shahrida faoliyat yurituvchi “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJning qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Murojaatda “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ Angren shahrida joylashgan yagona ishlab chiqaruvchi “YEROSTIGAZ” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan va muntazam yetkazib beriladigan gazdan yoqilgʻi sifatida foydalanilishi va oʻzaro tuzilgan xoʻjalik shartnomasi orqali gaz xarid qilinishini taʼkidlangan. Jamiyat tomonidan 2023 yil 8 noyabrdan boshlab narxni qimmatlashtirilganligi, yaʼni yetkazib berilgan 1000 m.kub yerosti koʻmir gazi uchun 265 536,32 soʻmdan realizatsiya qilinganligini bildirib “YEROSTIGAZ” AJ tabiiy monopoliya subʼektlari davlat reyestriga kiritilganligini inobatga olib ushbu masalada Qoʻmitadan amaliy yordam berishni soʻragan.

Yuqoridagilarga koʻra hududiy boshqarma tomindan “YEROSTIGAZ” AJga “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi birinchi qismining buzilish alomatlari bilan Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga asosan, asosiz hisoblangan 5 mlrd soʻmga yaqin pul mablagʻlari “ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI” AJ foydasiga qayta hisob-kitob qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq qoʻmita mineral oʻgʻitlar qimmatlashuvi ortidan "Maxam Chirchiq" korxonasiga qqarshi ish ochgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid