Andijonda yoʻllarni taʼmirlash va ichimlik suvi tarmoqlari uchun pul ajratiladi
Mablagʻ tadbirkorlik infratuzilmalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.

Andijonda tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar ajratiladi. Pullar ichimlik suvi va tarmogʻi va yoʻllarni taʼmirlashga sarflanishi koʻzda tutilgan.
Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.
Jumladan, Shahrixon tumanidagi "Yangi vahim" mahallasidagi sanoat zonasiga olib boruvchi yoʻlni taʼmirlash uchun 840,0 mln. soʻm, Andijon tumanidagi Choʻlpon massivida joylashgan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi yoʻllar taʼmiri va ichimlik suvi tarmogʻi uchun 400 million soʻm, Andijon shahri Boʻston massividagi yoshlar sanoat tadbirkorlik zonasiga olib boruvchi yoʻl va ichimlik suvi tarmogʻi uchun jami 340 million soʻm berilishi koʻzda tutilgan.
Asaka tumanida shunday maqsadlar uchun 400 mln. soʻm, Jalaquduqda esa 300 mln. soʻm berilishi koʻzda tutilgan. Loyihalar uchun beriladigan umumiy summa miqdori 2 mlrd. 600 mln. soʻmni tashkil qiladi.
Viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, Gʻaznachilik boshqarmasi loyihalarni tegishli tartibda moliyalashtiradi.