Andijonda bir guruh hokimlar va amaldorlar ogohlantirildi

Ular murojaatlar bilan ishlash va sayyor qabullar oʻtkazishda sustkashlik qilgan.

Jamiyat
9-iyul, 17:01
Andijonda bir guruh hokimlar va amaldorlar ogohlantirildi

Andijon viloyati hokimi qarori bilan bir guruh mansabdor rahbarlar ogohlantirildi. 

Qaror murojaatlar bilan ishlashda yoʻl qoʻyilayotgan muddat buzilishi holatlari va sektor sayyor qabullarini tashkil etish va oʻtkazish natijalar tahlilini oʻz ichiga oladi. 

2024 yil 1-choragi davomida Andijon viloyat Xalq qabulxonasi hamda uning quyi
tizimlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha monitoring ishlari olib borilgan.

2024 yilning 3 oyi davomida Prezidentning veb saytiga, ishonch telefoniga va Xalq qabulxonalariga jami 30490 ta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu 30490 ta murojaatlarning 541 tasi yoki 1,7 foizini belgilangan muddatlari
buzilganligi maʼlum boʻlgan. Ularning eng salmoqli qismi hokimlik idoralari (312 ta
yoki 57,7 %), sogʻliqni saqlash tizimi idoralari (52 ta yoki 9,6 %), mahalla uyushmasi
idoralari (46 ta yoki 8,1 %), kambagʻallikni qisqartirish va bandlik idoralari (30 ta yoki
5,5 %), energetika tizimi idoralari (13 ta yoki 2,4 %), iqtisodiyot va moliya vazirligi
idoralariga (6 ta yoki 1,1 %) ga toʻgʻri kelgan.

Ayniqsa, Andijon shahar (97 ta), Izboskan tumani (54 ta), Paxtaobod (26 ta),
Asaka (24 ta), Shahrixon (15 ta) va Xoʻjaobod tumani (10 ta) hokimliklari tomonidan
muddatlar buzilgan.

Sogʻliqni saqlash tizimi idoralari boʻyicha viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi
(12 ta), Asaka tumani (17 ta), Shahrixon tumani (7 ta), Xonobod shahar (4 ta) tibbiyot
birlashmalari tomonidan muddatlar buzilgan.

Andijon viloyati aholisi tomonidan Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga hamda ishonch telefoniga kelib tushgan 30 490 ta murojaatning 35 foizi ijobiy hal etilgan xolos. Oʻtgan 2023 yilning shu davrida
murojaatlarning 47 foizi ijobiy hal qilingan.

Oqibatda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A.Mirzajonov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (A.Nurmatov), «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ (X.Yuldshev), Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (D.Isomiddinov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasi (F.Berdiqulov), Andijon shahar, Izboskan, Paxtaobod, Asaka, Shahrixon va Xoʻjaobod tumani hokimlari koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarga yoʻl qoʻyganliklari uchun, Baliqchi tumanining 4-, Shahrixon tumanining 2 va 3, Ulugʻnor tumanining 1 va 2-sektorlari rahbarlari belgilangan sayyor qabullarni toʻliq oʻtkazmaganligi uchun ogohlantirildi. 

Shuningdek, Xonobod shahar hokimining ikki oʻrinbosari, uch hokimda faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan. 

Qayd etish kerakki, hozir ushbu qaror jamoatchilikdan yashirib qoʻyilgan. 

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+