platina.uz
Jamiyat

Agrippina Shin koreys universitetiga rektor boʻldi

Yaqinda u boshchilik qilgan Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyatiga tugatilgan edi.

Agrippina Shin koreys universitetiga rektor boʻldi

Agrippina Shin Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Shin Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari hamdir.

U rahbarlik qilgan Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati prezident farmoni bilan tugatilib, vazirlik tarkibiga oʻtkazilgan edi.

Avvalgi rektor Viktor Nam Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Iqbol Meliqoʻziyev Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining direktori lavozimiga tayinlandi.

Eldor Shermanov esa Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid