Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
Hujjatni yuklab olish uchun shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi talab etiladi.

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi.
2024-2025-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, OTMlarga qabul jarayonlari 5-25 iyun kunlari boʻlib oʻtdi. Imtihonlar iyul va avgust oylarida oʻtkaziladi.