Uzcard toʻlov tizimida uzilishlar kuzatildi
Kuni kecha elektr energiya uchun toʻlovlarda ham muammolar sodir boʻlgandi.

Oʻzbekiston boʻylab Uzcard toʻlov tizimida nosozliklar kuzatildi.
Foydalanuvchilar ushbu kartalarda hisoblarini koʻra olmadilar, shuningdek, pul oʻtkazish va boshqa funksiyalar ishlamay qoldi.
Eslatib oʻtamiz, 7 iyul sanasida elektr energiyasiga toʻlovlarda nosozliklar sodir boʻlgandi. Jumladan, toʻlovlar miqdorining ikki barobar hisoblanishi qayd etildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" nosozlik bir necha soat ichida bartaraf etilganini maʼlum qildi.