"Qishloqqurilishbank"dan ajratilgan kreditni oʻzlashtirgan tadbirkor jazolandi

U  Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi xodimi bilan ham til biriktirgan.

Jamiyat
8-iyul, 20:01
"Qishloqqurilishbank"dan ajratilgan kreditni oʻzlashtirgan tadbirkor jazolandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Zarbdor tuman sudining ochiq sud majlisida "Qishloqqurilishbank" (hozirgi Biznesi rivojlantirish banki)dan ajratilgan kreditni oʻzlashtirib yuborgan tadbirkorga hukm oʻqildi. 

U  Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi vakili - texnik nazoratchi Ye.I. bilan til biriktirgan.

Maʼlum boʻlishicha, R.T. oʻzi rahbarlik qiluvchi “Tomaris Azia Star” MChJ “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bilan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha shartnoma tuzgan. U bajarilmagan ishlarni ham hisob-fakturalariga qoʻshib yozib, umumiy 4.766.104.955 soʻm pul mablagʻlarini “Tomaris Azia Star” MChJ hisob raqamiga oʻtkazib berilishiga erishib, 5 foiz transport xarajatlari, 18 foiz pudratchining xarajatlari, 0.32 foiz sugʻurta xarajatlari, 15 foiz QQS toʻlovi xarajatlarini qoʻshib hisoblaganda jami 295.720.260 soʻmlik byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Shu kabi, T.R. jinoiy harakatini davom ettirib,  “Oltin vodiy” madaniyat markaziga umumiy qiymati 392.214.580 soʻmlik 37 turdagi musiqa va cholgʻu asboblari yetkazib berilganligi qayd qilingan boʻlsada, amalda 9 turdagi jami 56.966.000 soʻmlik musiqa va cholgʻu asboblarini yetkazib bermagan, oʻzganing juda koʻp miqdordagi jami 352.686.260 (295.720.260+56.966.000) soʻm pul mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Nazoratchi Ye.I esa hujjatlarni soxtalashtirish va imzolarni qoʻydirishda unga yordam bergan.

T.R. “Binokor me'mor” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga rahbarlik qilib kelib ATB “Qishloq qurilish bank” Jizzax mintaqaviy filialidan  18 oy muddatga 24 foiz ustamasi bilan 3.350.000.000 soʻmlik aylanma kredit mablagʻlarni ajratilishiga erishgan. Soʻngra aslida bajarilmagan 245.200.000 soʻmlik qurilishtaʼmirlash ishlari bajarilganligi toʻgʻrisida soxta yozuvlar kiritib, hujjatlarni qalbakilashtirib, hujjatlarni qalbaki ekanligini bila turib taqdim etib, jami 245.200.000 soʻm pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Yakuniy hukmga koʻra, R.T. ga uzil-kesil oʻtash uchun oylik ish haqining 20 (yigirma) foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 (ikki) yil 4 (toʻrt) oy 27 (yigirma yetti) kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Uning davlat manfaatlariga yetkazgan zararlari ham qoplangan.

Ye.I.ga esa  uzil-kesil 2 (ikki) yil 1 (bir) oy muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 20 (yigirma) foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 (ikki) yil 8 (sakkiz) oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+