Fransiyadagi saylovlarda bironta partiya mutlaq koʻpchilik ovozni qoʻlga kirita olmadi
Saylov natijalari oqibatida bosh vazir Gabriel Attal isteʼfoga chiqadi.

Fransiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida "Yangi xalq fronti" soʻl kuchlar alyansi gʻalaba qozondi. Natijalar ikkinchi turda ovozlarni sanab chiqishdan soʻng maʼlum boʻldi.
"Birgalikda" prezidentlik koalitsiyasi ikkinchi, birinchi turda gʻalaba qozongan Marin Le Penning "Milliy birlik" partiyasi uchinchi oʻrinni egalladi.
Ovoz berish natijalari (Fransiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan Le Monde nashriga taqdim etilgan):
"Yangi xalq fronti" - 182 mandat;
"Birgalikda" - 168;
"Milliy birlik" – 143 ta;
"Respublikachilar" - 45.
Qolgan assotsiatsiyalar umumiy tarzda 39 ta oʻringa ega boʻldilar.
Fransiyada prezidenti Emmanuel Makron partiyasi Yevroparlamentga saylovlarda imkoniyatni boy berganidan keyin uning qarori bilan muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazildi.
Birinchi tur 30 iyun kuni, ikkinchi tur 7 iyul kuni boʻlib oʻtdi. Saylov natijalaridan keyin Fransiya Bosh vaziri Gabriel Attal isteʼfoga chiqadi.