Everest choʻqqisidan 11 tonna chiqindi yigʻib olindi
Biroq togʻni toʻliq tozalash uchun bir necha yillar kerak boʻlishi aytiladi.

Everest choʻqqisi "katta tozalash"dan oʻtdi: Nepal hukumati tomonidan moliyalashtirilgan jamoa bir necha hafta davomida asosan tayanch lager hududidagi qiyaliklarni tozalashga sarfladi.
Ular choʻqqida 11 tonna axlat yigʻishdi, biroq togʻni toʻliq tozalash uchun koʻp yillar kerak boʻlishi mumkin – garchi yaqinda vaziyat ijobiy tomonga oʻzgargan boʻlsa ham.
Nepal rasmiylari alpinistlarga oʻzlari qoldirgan chiqindilarni tozalashni buyuradi, biroq hamma ham oʻz axlatini oʻzi tozalamaydi, bunga tabiiy sharoit ham sabab boʻlishi mumkin.
Guruh aʼzosi Ang Babu Sherpa:
“Axlatning aksariyati eski ekspeditsiyalardan. Soʻnggilardan unchalik chiqindi qolmaydi, chunki bugungi kunda qoidalar hukumat va mahalliy hokimiyat tomonidan qatʼiy oʻrnatilgan va alpinistlarning oʻzlari ham yanada masʼuliyatliroq.
Oʻn yil oldin Nepal hukumati alpinistlarni axlat yigʻish va oʻzlari bilan olib ketish majburiyatini olgan edi. Ammo ekstremal sharoitlarda hamma ham talabni bajarishga tayyor emas, chunki ular oʻz hayotlarini saqlab qolishga eʼtibor qaratishadi: dunyodagi eng baland choʻqqiga chiqish hayot uchun xavflidir va oʻliklar ham yon bagʻirlarda qoladilar.
Tozalash guruhi aʼzolari besh kishining jasadi qoldiqlarini topib joʻnatishgan.