platina.uz
Jamiyat

Termiz “Turonbank” sobiq mansabdori va uning tadbirkor sherigi qilmishlari oshkor boʻldi

Ular un mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari hamda metall qoplama jihozlari olish maqsadida bankdan katta miqdorda kredit chiqarishga erishgan. 

Termiz “Turonbank” sobiq mansabdori va uning tadbirkor sherigi qilmishlari oshkor boʻldi

Termiz tuman sudi ochiq sud majlisida juda koʻp miqdordagi mablagʻni oʻzlashtirgan “Turonbank” mansabdori va tadbirkorga sud hukmi oʻqildi. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Sudlanuvchi X.E, 2019 yil noyabr oyidan 2020 yil noyabrga qadar “Turonbank” ATB Termiz filiali kreditlash va iqtisodiy tahlil boʻlimi sobiq boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. U oʻz mansab vakolatidan qasddan foydalanib, qarindoshi “SURXON ISSIQ NON” MChJ rahbari S.A, va boshqa shaxslar bilan oʻzaro oldindan til biriktirgan.

Ular un mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari hamda metall qoplama jihozlari olish maqsadida 64 oy muddatga, 6 oy imtiyozli davr bilan yillik 9,17 foiz miqdorida ustama toʻlash sharti asosida ajratilishi rejalashtirilgan 620.000 AQSh dollari miqdorida kredit shartnomasiga koʻra, jamiyatga birinchi bosqichda, kredit summasining 56 foizi yaʼni 350.000 AQSh dollari kredit ajratilishiga erishishgan.

Soʻngra mazkur mablagʻlarni “SURXON ISSIQ NON” MChJ tomonidan Xitoy davlatidagi “SHANDONG HIKING INTERNATIONAL COMMERCE GROUP CO., LTD” korxonasiga oʻtkazishib, kredit mablagʻlari evaziga 149.051 AQSh dollari miqdorida metall qoplamalar olib kelishgan. Ular kredit summasini “Turonbank” ATB orqali chiqishida qayd etilgan hujjatlarni qonuniyligi tekshirmasdan hamda asoslamasdan E.X tadbirkor S.A tomonidan xorijdan olib kelingan mulklarni koʻrmasdan, baholangan mulklarni qanchalik asossli yoki maqsadli ekanligini tekshirmasdan imzo chekib, garov mulkini baholash boʻyicha kelishuv dalolatnomasini rasmiylashtirib, mansab soxtakorligi jinoyatini sodir qilgan.

Tadbirkor S.A. esa soxta dalolatnoma rasmiylashtirishib, 270.000 AQSh dollari kredit mablagʻlari ajratilishiga erishib, un ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirmasdan, kreditdan maqsadsiz foydalanishib, oʻziga ishonib topshirilgan 270.000 AQSh dollari (3.377.700.000 soʻmlik) bank kredit qarzlarini qaytarmasdan juda koʻp miqdordagi mulkni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

S.A oʻzining bu va boshqa harakatlari bilan jinoiy hatti-harakatlari bilan JKning 167-moddasining 3-qismi “a” bandi, 28, 209-moddasi 1- qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilgan.

Sudlanuvchi S.A sudda, aybiga toʻliq iqrorligini bildirdi, X.E esa aybiga qisman iqrorlik bildirgan.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, Sudlanuvchi X.E.ga qoʻyilgan ayblov JKning 64-moddasining “a” bandiga asosan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmasdan tugatildi. Unga qoʻllanilgan garov ehtiyot chorasi bekor qilindi va garov tariqasida qoʻyilgan Surxondaryo viloyat prokuraturasining depozit hisob raqamida saqlanayotgan, 7.000.000 soʻm garovga quyuvchi E.Xga qaytarildi.

A.Sga nisbatan tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosidan qamoqda boʻlgan 33 kunning har bir kuni axloq tuzatish ishlari jazosining uch kuniga tenglashtirib hisoblanib, tayinlangan jazoning 3 oy 9 kuni chegirib tashlandi va oʻtash uchun 1 yil 10 oy 27 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.

Ish boʻyicha yetkazilgan zarar qoplangan va fuqaroviy daʼvogarning sudlanuvchilarga nisbatan daʼvosi yoʻqligi qayd etilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid